
Kuni kecha Andijon davlat chet tillari institutining iqtidorli talabalari Isteʼdodli yoshlarni qoʼllab-quvvatlash «Ulugʼbek» jamgʼarmasi tomonidan tashkil etilgan Respublika oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli talabalari uchun ZOOM orqali tashkil etilgan anjumanda ishtirok etdilar.
Ushbu yigʼilishda siyosiy fanlar doktori, professor Joʼrayev Narzulla Qosimovichning «Markaziy Osiyo-Yevropa ittifoqi» birinchi Sammiti natijalari» deb nomlangan maʼruzasi tinglandi.
Ushbu anjuman masofaviy tarzda tashkil etilgan bo’lib, ishtirokchilar uchun manfaatli boʼldi.