“DOLZARB 90 KUN” DOIRASIDA SPORT TO‘GARAKLARI FAOL DAVOM ETMOQDA

      

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Andijon davlat chet tillari institutida talaba-yoshlar, maktab o‘quvchilari hamda mahallalardagi uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport va sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish maqsadida turli sport turlari bo‘yicha sport to‘garaklari muntazam ravishda tashkil etilmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi va sport mahoratini oshirish bilan birga, jamoada ishlash, intizom va sog‘lom raqobat muhitida o‘z salohiyatlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Mazkur sport to‘garaklari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

O‘zingizga mos sport turini tanlang va safimizga qo‘shiling!

 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 90-205-00-27

Skip to content