

Ayni vaqtda Andijon davlat chet tillari institutining navbatdagi 11-sonli Kengash yig’ilishi bo’lib o’tmoqda.
Kengash yig’ilishi institutimiz uchun quvonchli xushxabarlar bilan boshlandi. Institut rektori D.A.Rustamov tomonidan qator ustoz-olimlarimizga ilmiy daraja va unvonlar tasdiqlangan attestatlar tantanali ravishda topshirildi.
Jumladan:
DSc ilmiy darajasiga ega bo‘lganlar:
Qozoqboyeva Dilfuzaxon Ilxomjon qizi;
Tursunova Nodirabegim Fayzullo qizi.
Professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan:
Satimova Dilafruz Numonjonovna.
Dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lganlar:
Kurbonova Marguba Sotvoldiyevna;
Otaxonova Maxliyoxon Kamoliddin qizi;
G‘ofurova Sarvaraxon Madaminjonovna;
Anorboyeva Mahbubaxon Sobirovna;
Jo‘rayeva Lolaxon Tolibdjonovna.
Aziz ustoz-olimlar! Sizlarni erishgan yuksak ilmiy yutuqlaringiz bilan butun institut jamoasi nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Ilmiy yo‘lingiz hamisha ziyo va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin. Kelgusi faoliyatingizda ham yosh avlodga sifatli ta’lim berish va ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shishda charchamang. Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin!
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati