


Andijon davlat chet tillari institutining 60 yillik yubileyi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda institut taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlar taqdirlandilar.
Yubiley tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etishda jonbozlik, tashabbuskorlik va fidoyilik ko‘rsatgan jamoa a’zolariga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, bir guruh professor-o‘qituvchilar va xodimlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandilar.
Bu e’tirof — yillar davomida institut ravnaqi, ta’lim sifati va ilm-fan taraqqiyoti yo‘lida sidqidildan xizmat qilgan insonlarga bildirilgan yuksak hurmat va ehtirom ifodasidir.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati