

Andijon davlat chet tillari institutida xalqaro hamkorlik doirasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bugun institutimizga Amerika elchixonasining Hududiy ingliz tili ofisi direktori Kim Chilmonik hamda ofis assistenti Umida Boltaeva tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar institut rahbariyati bilan uchrashib, kelgusidagi istiqbolli rejalar, xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda ta’lim sifatini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, RELO loyihasi doirasida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi Emili Chenning ta’lim jarayonidagi faoliyati o‘rganildi. Tashrif doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari uchun zamonaviy metodikalarga bag‘ishlangan master-klass ham tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv va amaliy mashg‘ulotlar ustozlar uchun xalqaro tajribani o‘rganish, zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish hamda kasbiy mahoratini oshirishda muhim аҳamiyat kasb etdi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati