

Andijon davlat chet tillari instituti
Ingliz tili va adabiyoti fakulteti tyutori D.Abdurahmonova boshchiligidagi 211–212-guruh faol talabalari ishtirokida plogging aksiyasi tashkil etildi.
Mazkur aksiya davomida talaba-yoshlar atrof-muhitni muhofaza qilish, hududlarni obodonlashtirish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida faol ishtirok etdilar. Aksiya jarayonida belgilangan hududlar chiqindilardan tozalanib, tozalikka rioya etishning ahamiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir talabalarda ekologik mas’uliyat hissini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi. Bunday tashabbuslar yoshlar o‘rtasida tabiatga e’tibor va mehrni yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.