SPORT SOHASIDA MUHIM HAMKORLIK YO‘LGA QO‘YILDI

{Play}

Andijon davlat chet tillari instituti Sport klubi hamda Andijon viloyati Gandbol federatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Mazkur memorandum sport, xususan gandbol turini rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan. Shuningdek, hujjat doirasida qo‘shma sport tadbirlari, musobaqalar, seminar va treninglarni tashkil etish, iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda hamkorlikni yanada mustahkamlash ko‘zda tutilgan.

Memorandumni imzolash jarayonida O‘zbekiston gandbol federatsiyasi vitse-prezidenti I.I.Mathaliqov hamda Andijon davlat chet tillari instituti birinchi prorektori J.N.Siddikov ishtirok etdilar.

Ushbu kelishuv kelgusida institut va federatsiya o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda. Mazkur hamkorlik ikki tomon o‘rtasida sport sohasida uzoq muddatli va samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content