

“Payshanba — yoshlar kuni” doirasida Bobur shahridagi “Ziyolilar bogʻida”
Ingliz filologiyasi, oʻqitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti tomonidan madaniy tadbirlar va eko-aksiyalar oʻtkazildi.
Tadbirlar davomida talaba-yoshlar faol ishtirok etib, ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan plogging aksiyasi orqali hudud tozaligiga hissa qo‘shdilar, she’riy battle jarayonida esa o‘z ijodiy qobiliyatlarini namoyon etdilar. Shuningdek, tashkil etilgan shashlik party do‘stona muhitda o‘tib, talabalar o‘rtasida jamoaviylik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Mazkur madaniy tadbirlar talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar maroqli hordiq chiqarib, unutilmas taassurotlar bilan qaytdilar.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati