INSTITUTIMIZ TALABASI «KITOBXONLAR LIGASI»NING TOP 10 TALIGI VAKILI

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi rahbari Qahramon Quronboyev tomonidan tashkil qilingan “Mahallalar uyushmasi kubogi” tanlovi gʻoliblariga sovrinlar topshirildi. Taqdirlash marosimida Qahramon Quronboyev va Alisher Sa’dullayev ishtirok etdilar. Tanlovda 3500 kitobxon 12 kun davomida “Samaradorlikning 21 yo‘li” kitobini birgalikda mutolaa qilib, dunyoqarashlarini yanada boyitdilar.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, faxrli 1–10-o‘rinlarni egallagan g‘oliblarga har biriga 100 tadan kitoblar toʻplami hamda ularning ota-onalariga dam olish maskaniga 1 haftalik yoʻllanma sovg‘a qilindi.
Quvonarlisi shundaki, institutimizning iqtidorli talabasi O’rinboyeva Surayyo Dadajon qizi tanlovda faol ishtirok etib, TOP 10 talikka kiritildi.
Talabamizni institutimiz jamoasi nomidan ushbu muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz, ishonamizki bunday yutuqlar institutimizda kitobxonlik madaniyatini yanada mustahkamlashga oʻzi hissasini qoʻshadi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Text box item sample content

Skip to content