«B» GURUHI QIROLICHALARI: ADCHTI QIZLARI TOʻRTTA GʻALABA BILAN ZAFAR QUCHDI!

Toshkentdagi «Vazir kubogi» bahslarida Andijon davlat chet tillari instituti talaba-qizlari oʻz guruhlarida mutlaq gegemonlik oʻrnatib, barcha raqiblarini tiz choʻktirishdi!

 Quyida «B» guruhidagi murosasiz bahslarning «oltin» natijalari bilan tanishing:

 ADCHTI 4:3 FarDU (Dastlabki bahsdanoq shiddatli kurash va irodali gʻalaba!)

 O‘zDSMI 0:7 ADCHTI (Haqiqiy «gollar shousi»! Qizlarimiz raqib darvozasini 7 bor ishgʻol qilib, turnirning eng yirik hisobini qayd etishdi!)

O‘zDJTSU 1:2 ADCHTI (Sport universiteti talabalari ham bizning qizlarimizning taktik hujumlari va mahorati oldida ojiz qolishdi!)

 ADCHTI 2:0 BuxDU (Guruhdagi soʻnggi nuqta! Quruq oʻyin va navbatdagi 3 ochko!)

 «B» GURUHI YAKUNLARI:

Oʻtkazilgan oʻyinlar: 4 ta
Gʻalaba: 4 ta
Toʻplangan ochko: 12 (100% natija!)
Urilgan gollar: 15 ta

 ADCHTI jamoasi guruhda 1-oʻrin bilan FINAL yoʻllanmasini rasmiylashtirdi!

 Ertaga boʻlib oʻtadigan final bahsida barcha andijonliklarni, institutimiz jamoasini qizlarimizni qoʻllab-quvvatlashga chorlaymiz. Gʻalaba bizniki boʻladi!

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content