

Andijon davlat chet tillari institutining xalqaro akademik nufuzini oshirish hamda xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida jiddiy qadamlar tashlanmoqda.
Ayni kunlarda institutning Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani J.Egamberdiyev Birlashgan Arab Amirliklarining nufuzli Sharja universitetida (University of Sharjah) xizmat safari bilan bo‘lib turibdi.
Mazkur xizmat safari doirasida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikning quyidagi yo‘nalishlari yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda:
Akademik almashinuv: Professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun o‘zaro tajriba almashish dasturlarini joriy etish;
Ilmiy hamkorlik: Qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va xalqaro konferensiyalarni tashkil etish;
Ta’lim sifati: O‘quv jarayoniga xalqaro standartlarni tatbiq qilish va zamonaviy metodikalar bo‘yicha tajriba almashish;
Yangi imkoniyatlar: Talabalarning xalqaro muhitda bilim olishlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish.
Ushbu tashrif Andijon davlat chet tillari institutining xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashga hamda Sharja universiteti kabi jahon darajasidagi ta’lim maskanlari bilan uzoq muddatli hamkorlik poydevorini qo‘yishga xizmat qiladi.
Xalqaro hamkorlik — zamonaviy ta’lim va innovatsion taraqqiyot kalitidir.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati