KATTA MARRALAR ANIQ MAQSADLARDAN BOSHLANADI

8

 Bugun — 08.01.2026-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor M.Kurbanov raisligida professor-o‘qituvchilar faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) muhokamasiga bag‘ishlangan tanqidiy va tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 ​Yig‘ilishda 2026-yil davomida institutning ilmiy nufuzini oshirishga xizmat qiluvchi quyidagi ustuvor vazifalar kun tartibining asosiy masalasi sifatida ko‘rib chiqildi:

​ Xalqaro e’tirof: Scopus va Web of Science kabi nufuzli xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar nashr etish ko‘lamini kengaytirish;
 Ilmiy tijoratlashtirish: Mahalliy grant loyihalarida faol ishtirok etish hamda soha korxonalari buyurtmalari asosida amalga oshiriladigan tadqiqotlardan tushadigan mablag‘lar miqdorini salmoqli darajada oshirish;
 Kadrlar salohiyati: Institutning umumiy ilmiy salohiyatini yuksaltirish, yosh tadqiqotchilarni ilmiy ishlarga keng jalb etish.

 ​Prorektor M.Kurbanov har bir kafedra va professor-o‘qituvchi oldiga qo‘yilgan ushbu ko‘rsatkichlar shunchaki raqamlar emas, balki institutning xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash garovi ekanligini alohida ta’kidladi.

​Yig‘ilish yakunida belgilangan KPI ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijro muddati nazoratga olindi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

 

Skip to content