9

Andijon davlat chet tillari institutining faol va iqtidorli talaba-yoshlaridan iborat “Anis Team” jamoasi uchun tashkil etilgan 3 kunlik Workshop dasturi nihoyasiga yetdi. Dastur davomida talabalarga shaxsiy rivojlanish, media savodxonlik, innovatsiyalar va ijodiy loyihalash bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar berildi.
Workshop yakunida barcha ishtirokchilarga Andijon davlat chet tillari instituti rektori Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov tomonidan imzolangan maxsus sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur sertifikatlar nafaqat talabalarning dastur davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini tasdiqlaydi, balki ularning kelgusi faoliyatida ham muhim motivatsion omil bo‘lib xizmat qiladi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati