
Andijon davlat chet tillari institutida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, xotin-qizlarni mustaqil hayotga tayyorlash hamda “Besh muhim tashabbus” ijrosini ta’minlash maqsadida turli ma’naviy-ma’rifiy va amaliy to‘garaklar yo‘lga qo‘yilgan.
Shu doirada institutda tashkil etilgan “Pazandachilik” to‘garagi o‘z mashg‘ulotlarini boshlab yubordi. 2025-yil 9-sentyabr kuni o‘tkazilgan mashg‘ulot Roman-german va slavyan tillari fakulteti tyutori, fakultet dekanining Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi O.Azimova boshchiligida tashkil etildi.
Mashgʻulot davomida talabalar birgalikda “Ekler” shirinligini tayyorladilar. Jarayon ko‘tarinki kayfiyatda, o‘zaro hamjihatlik va jamoaviy ishlash ruhida o‘tdi. Tayyorlangan shirinlik esa ishtirokchilarga iliq kayfiyat ulashdi.
Mazkur to‘garak nafaqat pazandachilik sirlarini o‘rgatish, balki talabalarda mehnatsevarlik, jamoada ishlash ko‘nikmasini shakllantirish, o‘z mehnatidan zavqlanishni his etishiga ham xizmat qilmoqda.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati