INGLIZ TILI KURSLARI KOʻTARIKI RUHDA DAVOM ETMOQDA

Andijon davlat chet tillari institutida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida tashkil etilgan bepul ingliz tili kurslari bugun ham reja asosida davom ettirildi.

Mashg‘ulotlar interaktiv uslubda, tajribali o‘qituvchilar tomonidan olib borilib, o‘quvchilarga so‘z boyligini oshirish, talaffuzni to‘g‘ri shakllantirish va kundalik muloqotda foydalaniladigan iboralar bo‘yicha amaliy bilimlar berildi.

Ishtirokchilar mashqlar, suhbatlar, o‘yinli topshiriqlar orqali til ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘lishdi.

Kurslar yoshlarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va chet tillarini o‘rganishda ilk poydevor yaratishga xizmat qilmoqda.

Leave a Reply

Skip to content