

Andijon davlat chet tillari institutida institutning pedagogik xodimlari va ilmiy izlanuvchilari «El-yurt umidi» jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan vebinarda ishtirok etdilar. Ushbu vebinar ZOOM platformasi orqali oʻtkazildi va unda ishtirokchilar Buyuk Britaniyaning nufuzli taʼlim muassasalaridan biri boʻlgan Uorvik universitetida taʼlim olish imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot olishdi.
Vebinar davomida, ishtirokchilarga Uorvik universitetining taʼlim tizimi, xalqaro talabalar uchun mavjud bo‘lgan grantlar, taʼlim olish jarayonidagi afzalliklar va universitetda o‘qish imkoniyatlari haqida hamda universitetga hujjat topshirish tartibi, talablarga javob berish mezonlari va talabalar uchun yashash joyi, stipendiyalar va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar haqida ham maʼlumotlar taqdim etildi.
Mazkur vebinar Andijon davlat chet tillari institutining ilmiy izlanuvchilari va pedagogik xodimlarining xorijiy taʼlim tizimiga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirish, xalqaro miqyosda ilmiy aloqalar o‘rnatish va taʼlim olish imkoniyatlaridan foydalangan holda, ularning malakasini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.
Shuningdek, vebinar davomida ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tizimining xalqaro miqyosda rivojlanishiga hissa qo‘shish, ilmiy hamkorliklarni kengaytirish va xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash borasida maqsadlar va istiqbollar haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi.
Bu kabi tadbirlar taʼlim sohasida yangi imkoniyatlar yaratish, ilmiy-izlanish faoliyatini rivojlantirish va xalqaro taʼlim tarmoqlariga integratsiya qilishda katta ahamiyatga ega.