
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev raisligida “Mahallalarda aholi bandligini taʼminlash, daromadini oshirish va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab bergan vazifalaridan kelib chiqib, viloyat hokimi Sh.Abdurahmonovning topshirig‘iga asosan qizil toifadagi mahallalar aholisiga ko‘maklashish, bandligini ta’minlash, muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Andijon davlat chet tillari instituti ham ushbu jarayonda ishtirok etib, Buloqboshi tumani Neftchilar MFYda joylashgan xonadonlarda istiqomat qiluvchi aholi bilan uchrashib, ularga «Kambag’allikdan farovon hayot sari» dasturi maqsad va g’oyalari haqida tushunchalar bermoqda.
Bugun – 23.04.2025-yil kuni institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori M.A.Kurbanov ushbu manzilda bo’lib, mas’ullar ishtirokida fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil qildi. Uchrashuvlar davomida ularni maxsus platformaga joylash hamda bundan kelib chiqqan holda kerakli shart-sharoit va imkoniyatlar yaratishga yo’naltirish ustida ish olib borildi.
Bundan tashqari aholi xonadonlariga tashriflar davomida tomorqadan unumli foydalanish, ro’zg’or uchun kerakli mahsulotlarni ekish, shu orqali oila dasturxonidagi to’kinlikka erishish bo’yicha ham tushuntirish ishlari amalga oshirildi.