TOSHBOYEVA BARNOXON ODILJONOVNA PEDAGOGIKA FANLARI DOKTORI (DSc) DISSERTATSIYASINI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILDI

1

Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti Ingliz tili o’qitishning integrallashgan kursi kafedrasi o’qituvchisi Toshboyeva Barnoxon Odiljonovnaning “Kichik maktab yoshidagi bolalarga chet tillari o’rgatishning psixologik metodik konsepsiyasi” mavzusida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari (ingliz tili)) ixtisosligidan pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya himoyasi Andijon davlat chet tillari instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash majlisida bo‘lib o‘tdi.

Kengash aʼzolari bergan ovozlari natijasiga koʻra, dissertatsiya ishi 100 foiz maʼqullandi va Toshboyeva Barnoxon Odiljonovna pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun loyiq deb topildi.

Institut ma’muriyati Barnoxon Odiljonovnani ushbu muvaffaqiyatli himoya bilan muborakbod etgan holda talaba-yoshlarga ilm berishday sharafli va mashaqqatli ishda zafarlar tilab qoladi!

Leave a Reply

Skip to content