TALABALAR MUZEYGA SAYOHAT QILDILAR

Tarixni anglashda uni kelajak avlodlarga qoldirishda muzeylar juda ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Shu boisdan Oʻzbekistonda 90-yillardan keyin koʻplab muzeylar mamlakatning turli joylarida oʻz ishlarini boshladi, koʻplab muzeylar butunlay yangidan barpo etildi, boshqalari kapital taʼmirdan chiqarildi.

Bugun – 21.04.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakulteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar, pedogogika va psixologiya kafedrasi oʻqituvchisi G.Toʻxtasunova, fakultet tyutorlari S.Eshonqulov, N.Moʻminovalar bir guruh talabalar bilan Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida talaba-yoshlar muzeydagi eksponatlar bilan tanishib, mas’ullar tomonidan qiziqarli ma’lumotlar oldilar.

Leave a Reply

Skip to content