
Xabaringiz bor, joriy hafta avvalida Andijon davlat chet tillari institutida chet tillari bo’yicha Andijon viloyati hokimi sovrini uchun maktab o’quvchilari o’rtasida fan olimpiadasi o’tkazildi.
Andijon davlat chet tillari instituti bilan hamkorlikda tashkil qilingan ushbu olimpiada g’oliblari bugun – 22.03.2025-yil kuni Yangi Andijon massivida joylashgan 1-umumta’lim maktabida munosib taqdirlandilar.
Taqdirlash marosimida ishtirok etgan Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i O’.I.Shukurov hamda Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamovlar g’olib va sovrindorlar uchun tabrik so’zlarini aytdilar va ularga maxsus diplom hamda esdalik sovg’alari topshirdilar.