
Xayr-ehsonlar ichida eng a’losi tolibi ilmga qilinganidir.
(Hadisdan).
Bugun – 18.03.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Talabalar turar joyida Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti dekani A.Ataboyev tashabbusi bilan dekan o’rinbosarlari, «Ingliz tili o’qitishning integrallashgan kursi», «Gid hamrohligi, madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik» kafedralari mudirlari hamda professor-o’qituvchilari, tyutorlar ishtirokida talaba-yoshlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi.
Boshqa viloyatlar va uzoq tumanlardan kelib tahsil oluvchi ming nafarga yaqin talabalar uchun tashkil qilingan ushbu xayr-ehson tadbiri barcha ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirib, o’zbek xalqiga xos milliy qadriyatlarga hurmat ruhini yanada shakllantirdi.