
Milliy liboslar – bu har bir xalqning boy madaniyati, urf-odatlari va an’analarini aks ettiruvchi bebaho merosdir. Ular nafaqat bezak, balki ajdodlarimizning hayot tarzi, dunyoqarashi va badiiy didining ifodasidir.
Milliy liboslar namoyishi esa shu qadriyatlarni keng ommaga yetkazish va yosh avlodga tanishtirish uchun muhim tadbirlardan biri hisoblanadi.
Bugun – 18.03.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida «Qadriyatlaring boqiy bo’lsin, Navro’z» bosh g’oyasi asosida milliy liboslar namoyishi bo’lib o’tdi.
Unda Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi Z.Kabilova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi uslubchisi M.Saliyeva boshchiligidagi ayol professor-o’qituvchilar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.