SHE’RIY KECHA BO’LIB O’TDI

Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakultetida “Zulfiyaxonim ijodida vatanparvarlik va xalqsevarlik tuyg‘ulari ustuvor” mavzusida adabiy-badiiy she’riyat kechasi tashkil etildi.

Kecha davomida Zulfiya ijodiga oid qiziqarli ma’ruzalar tinglandi, shoiraning Vatan, xalq va ayollarga bag‘ishlangan eng sara she’rlari o‘qildi.

Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Zulfiya ijodining ibratli jihatlari, uning o‘lmas she’riyati va Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbati yosh avlod uchun hamisha ilhom manbai bo‘lib qolishi ta’kidlandi.

Leave a Reply

Skip to content