
Andijon davlat chet tillari institutida har bir qilinayotgan ish, ko’rsatilayotgan tashabbus, amalga oshirilayotgan loyiha munosib taqdirlab kelinayotgani rahbar va ishchi xodimlar, professor-o’qituvchilarga qo’shimcha kuch, g’ayrat baxsh etmoqda.
Shu kunlarda o’zlarining faolligi bilan ajralib turgan Filologiya fanlari doktori, professor Gʻanijon Xoshimov nomidagi Ingliz tili amaliyoti kafedrasi institut rahbariyati tomonidan taqdirlandi.
Ushbu kichik taqdirlash marosimida institut rektori D.A.Rustamov, O’quv ishlari bo’yicha prorektor E.Kurbanov, Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani K.Karimov, kafedra mudiri va professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.
Rektor Dilshodbek Abduvahidovich o’z nutqida kafedra tomonidan olib borilayotgan ishlardan xursand ekanini aytib o’tish bilan bir qatorda xali bu jamoaning institut rivojiga yanada katta hissa qo’sha olishidan umidvor ekanini ta’kidladi. Shundan so’ng mas’ullar ham o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tdilar.