
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-fevraldagi majlisi 4-sonli bayoni 4.2-bandiga asosan Andijon davlat chet tillari instituti tomonidan “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida ko‘rik-tanlov e’lon qilingan edi.
Tanlovda 40 yoshgacha bo‘lgan olima ayollar va ilmiy izlanishlarni olib borayotgan tadqiqotchi xotin-qizlar, talaba-qizlar ishtirok etdilar.
Tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazildi:
Iinnovatsion ilmiy tadqiqotlar;
fundamental fanlarga qo‘shilgan hissa;
ijtimoiy-gumanitar fanlar va gender tadqiqotlar.
Ishtirokchilar tanlovda ilmiy-tadqiqot faoliyati, innovatsion g‘oyalar, ixtirolar, ta’lim va fan sohasidagi loyihalar, ishlanmalar va ilmiy maqolalari bilan qatnashdilar.
Maxsus komissiya ularning hujjatlarini ko’rib chiqdi va yakuniy qarorga keldi. Unga ko’ra g’olib va sovrindorlar quyidagicha ko’rinish oldi:
«Innovatsion ilmiy tadqiqotlar» yo’nalishi:
1-o’rin: Xojiboboyeva Xosiyatbonu Rasuljon qizi – Roman-german va slavyan tillari fakulteti Filologiya va tillarni o’qitish: nemis tili yo’nalishi 4-bosqich talabasi;
2-o’rin: Orifjonova Malika Ulug’bek qizi – Roman-german va slavyan tillari fakulteti Filologiya va tillarni o’qitish: Rus tili yo’nalishi 2-bosqich talabasi;
3-o’rin: O’rinboyeva Surayyoxon Dadajon qizi – Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili yo’nalishi 1-bosqich talabasi.
«Fundamental fanlarga qo‘shilgan hissa» yo’nalishi:
1-o’rin: Odilova Gulchiroy – 2-bosqich magistranti;
2-o’rin: Muhammedova Muslimaxon – Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili yo’nalishi 1-bosqich talabasi;
3-o’rin: Tolipova Zebuniso – 1-bosqich magistranti.
«Ijtimoiy-gumanitar fanlar va gender tadqiqotlar» yo’nalishi:
1-o’rin: Xolisona Gavharoy – Umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi o’qituvchisi;
2-o’rin: Muxiddinova Marjona – Filologiya va tillarni o’qitish: Fransuz tili yo’nalishi 3-bosqich talabasi;
3-o’rin: Sherboyeva Gullola – Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili yo’nalishi 1-bosqich talabasi.