
Komissiya a’zoligiga barcha fraksiyalar vakilligida 9 nafar tarkibda deputatlar bir ovozdan saylandi:
Shaxnoza Joldasova – Komissiya raisi;
Behzod To‘xtamurodov – Komissiya raisi o‘rinbosari;
Shahnoza Xolmaxamatova, Madina Baratova, Muhammad Valiyev, Anvarjon Temirov, Oybek Yo‘ldoshev, Otabek Musurmonov va Azizbek Akbarovlar – Komissiya a’zolari.
Mazkur komissiya Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan Yangi O‘zbekiston yoshlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan islohotlarda faol ishtirok etishni maqsad qilgan.