INSTITUTDA «OCHIQ ESHIKLAR KUNI» DAVOM ETMOQDA

Bugun – 15.02.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutiga «Ochiq eshiklar kuni» munosabati bilan Oltinko’l tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 11-umumta’lim maktabi bitiruvchilari tashrif buyurdilar.

Ularni institutning Roman-german va slavyan tillari fakulteti dekan o’rinbosari B.Botirov va Umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi professor-o’qituvchilari kutib oldilar hamda institut haqida umumiy ma’lumotlar berib o’tdi.

Shundan so’ng tashrif buyurgan maktab o’quvchilari institut bo’ylab ekskursiya qildilar. Jumladan, institutdagi sport zali, Axborot resurs markazi, ALTAIIM binosi hamda yaqinda qad roslagan, zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan yangi bino bilan yaqindan tanishgan o’quvchilar, bir olam taassurot bilan qaytdilar.

Leave a Reply

Skip to content