
Andijon davlat chet tillari instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tashabbusi bilan institut Talabalar turar joyida ikki buyuk ijodkor – Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlari munosabati bilan «Daholar bizning tasavvurimizda» deb nomlanuvchi rasmlar tanlovi tashkil qilindi.
Tanlovni bo’lim boshlig’i O’.Rahmonov ochib berdi hamda ushbu tanlovni o’tkazishdan ko’zlangan maqsad haqida fikr bildirdi.
Shundan so’ng talabalar o’zbek xalqining sevimli shoirlari haqida o’rganganlaridan kelib chiqqan holda o’z tasavvurlaridagi siymolarni yaratdilar.