INSTITUTDA «OCHIQ ESHIKLAR KUNI» DAVOM ETMOQDA

Bugun – 08.02.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutiga «Ochiq eshiklar kuni» munosabati bilan Buloqboshi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 3-umumiy o’rta ta’lim maktabi bitiruvchilari tashrif buyurdilar.

Ularni institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektor E.E.Kurbanov hamda Roman-german va slavyan tillari fakulteti Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o’qituvchilari L.Saidova, G.Mamasoliyevalar kutib oldi hamda institut haqida umumiy ma’lumotlar berib o’tdi.

Shundan so’ng tashrif buyurgan maktab o’quvchilari institut bo’ylab ekskursiya qildilar. Jumladan, institutdagi sport zali, Axborot resurs markazi, ALTAIIM binosi hamda yaqinda qad roslagan, zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan yangi bino bilan yaqindan tanishgan o’quvchilar, bir olam taassurot bilan qaytdilar.

Leave a Reply

Skip to content