JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT BILAN KURASHAMIZ!

Barchamizga ma’lumki, hozirgi kunda dunyo shiddat bilan o‘zgarib, insoniyatning taqdiri va kelajagiga tahdid solayotgan xavf-xatarlar kuchayib, dunyo miqyosida shafqatsiz raqobat, turli ziddiyatlar tobora avj olmoqda.Mana shunday bir sharoitda barqarorlikni saqlashda ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu haqda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek: «Biz ma’naviyat va ma’rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz. Vijdoni, ma’naviyati bor inson Vatanni, albatta, yaxshi ko‘radi. Vijdon, ma’naviyat degani – xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat qilish deganidir…»

Bugun – 21.01.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida «Jaholatga qarshi ma’rifat» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Ushbu davra suhbatida Diniy ishlar bo’yicha qo’mita Andijon viloyati hududiy bo’limi mutaxassisi A.Muzropxonov, institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i O’.Rahmonov, institut profilaktika katta inspektori B.Xodjayev, boshqarma va bo’limlar xodimlari, professor-o’qituvchilar va tyutorlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan talaba-yoshlar bilan ishlash jarayonida e’tibor qaratish lozim bo’lgan jihatlar, ularga faqatgina ilm bilan barcha narsaga erishish mumkinligi, jaholatni yengish uchun insonda keng dunyoqarash bo’lishi lozimligi, buning uchun esa ko’proq kitob o’qishga mehr qo’yish zarurligi, turli yot g’oyalar, jumladan, terrorizm, ekstremizm va fundamentalizmga qarshi kuchli immunitet xosil qilish kerakligi yuzasidan to’g’ri tushunchalar berish lozimligi yuzasidan ma’ruzalar qilindi.

Leave a Reply

Skip to content