
Bugun – 16.01.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutiga «Ochiq eshiklar kuni» munosabati bilan Asaka tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 4-umumiy o’rta ta’lim maktabi bitiruvchilari tashrif buyurdilar.
Ularni institutning Ingliz filologiyasi, o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti Ingliz tili o‘qitishning integrallashgan kursi kafedrasi Katta o’qituvchisi Gavharoy Isroiljon qizi kutib oldi hamda institut haqida umumiy ma’lumotlar berib o’tdi.
Shundan so’ng tashrif buyurgan maktab o’quvchilari institut bo’ylab ekskursiya qildilar. Jumladan, institutdagi sport zali, Axborot resurs markazi, ALTAIIM binosi hamda yaqinda qad roslagan, zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan yangi bino bilan yaqindan tanishgan o’quvchilar, bir olam taassurot bilan qaytdilar.