
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi hamkorligida «Ta’lim muassasalarida yoshlar orasida psixofaol moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish ishlarini tashkil etish mexanizmlari» mavzusida o’zbek va rus tillarida uslubiy qo’llanma ishlab chiqilgan.
Bugun – 15.01.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida ushbu uslubiy qo’llanmadan foydalanishga doir masalalarga bag’ishlangan seminar tashkil qilindi.
Seminar davomida institut profilaktika katta inspektori B.Xodjayev hamda Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari O.Vositovlar tomonidan uslubiy qo’llanma va undan o’z ish faoliyatida qanday foydalanish xususida fikrlar bildirib o’tildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarga uslubiy qo’llanma namunalari topshirildi.