«VATAN TAQDIRI SIZNING QO’LINGIZDA» MAVZUSIDA RASMLAR TANLOVI TASHKIL QILINDI

Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari B.Botirov hamda fakultet tyutorlari tashabbusi bilan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan «Vatan taqdiri sizning qo’lingizda» mavzusida rasmlar tanlovi tashkil qilindi.

Ushbu tanlov onlayn tarzda tashkil qilinib, ishtirokchilar mavzuga mos tarzda o’zlari chizgan suratlarini belgilangan telegram manziliga yubordilar.

Ushbu tanlov g’olib hamda sovrindorlari haqida kelgusi yangiliklarimizda e’lon qilamiz.

Leave a Reply

Skip to content