INSTITUTDA SEMINAR TASHKIL QILINDI

Andijon davlat chet tillari institutida professor-o’qituvchilar uchun navbatdagi seminar tashkil qilindi. Seminar onlayn va oflayn tarzda bo’lib o’tdi.

Ushbu seminar davomida olim faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari: Xirsh indeksi, iqtibos indeksi, o’zgartirilgan indekslar, ilmiyometrik xususiyatlarni takomillashtirish usullari, xalqaro hamkorlik, hammualliflik va ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish masalalari ko’rib chiqildi.

Seminarni «Scientific Publications» kompaniyasi rahbari D.S.Kovalenko va Andijon davlat chet tillari instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor M.A.Kurbanov olib bordi. Unda institut mas’ullari ham ishtirok etdilar.

Leave a Reply

Skip to content