INSTITUTDA «YOSH EKOLOGLAR» JAMIYATI TASHKIL QILINADI

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi – Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalardan biri. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 22-yanvarda roʻyxatga olingan bo’lsa ham, 2019-yil 8-yanvarda bo‘lib o‘tgan partiya forumida ta’sis etilgan. O‘sha forumning o‘zida partiyaning Ustavi va Dasturi loyihalari, Markaziy Kengashi a’zolarini saylash, Markaziy nazorat taftish komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomi, Matbuot organini ta’sis etish hamda partiyaning vakolatli vakillarini saylash kabi masalalar ko‘rib chiqilgan.

Xabaringiz bor, 2024-yilning 27-oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo’lib o’tgan va unda Andijon davlat chet tillari instituti rektori Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputatligiga saylangan edi.

Bugun deputat D.Rustamov Andijon shahridagi Navro’z MFY aholisi, 32-umumta’lim maktabi bitiruvchilari va talaba-yoshlar bilan uchrashib, ularga partiyaning o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalari, umuman, bugungi kunda yurtimizda aynan tabiatni asrash, atrof-muhitni muhofaza qilish yo’nalishida olib borilayotgan ishlar xususida o’z fikrlarini bildirib o’tdi.

Bundan tashqari institutda «Yosh ekologlar» jamiyatini tashkil qilish loyihasi bilan uchrashuv ishtirokchilarini tanishtirib, ushbu loyihaning kengaytirilgan taqdimoti joriy yilning 22-yanvar kuni partiya tashkil qilinganligining 5 yilligi munosabati bilan o’tkaziladigan «Deputat va yoshlar uchrashuvi» davomida namoyish etilishini ta’kidladi.

Barcha tabiatni sevuvchi, uni pok holda saqalash va kelgusi avlodga qoldirish maqsadini o’z oldiga qo’ygan yoshlarni 22.01.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Faollar zalida bo’lib o’tadigan «Deputat va yoshlar uchrashuvi»ga taklif qilib qolamiz.

Leave a Reply

Skip to content