INSTITUT PROFESSOR-O’QITUVCHILARI TURKIYADA MALAKA OSHIRMOQDA

Andijon davlat chet tillari institutida talaba-yoshlarning sifatli ta’lim olishlarini ta’minlash, professor-o’qituvchilarning esa o’z ustilarida doimiy ishlab, shaxsiy rivojlanishlariga erishishlari uchun tizimli ishlar olib borilmoqda. Professor-o’qituvchilar xorijga ilmiy stajirovka, malaka oshirish kurslariga yuborilayotganligi shular jumlasidan.

Ayni vaqtda ham institutning 5 nafar professor-o’qituvchilari: N.Qodirova, N.Pozilova, N.Maxmudova, Z.Kobilova hamda D.Zohidovalar Turkiya davlatida bo’lib turibdilar.

Ustozlarimiz u yerda nufuzli Yildiz universitetida malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqdalar. Shu bilan bir qatorda universitet talabalariga ma’ruzalar o’qimoqdalar.

Leave a Reply

Skip to content