INSTITUT KENGASHINING NAVBATDAN TASHQARI KENGAYTIRILGAN YIG’ILISHI BO’LIB O’TDI

  

Bugun – 25.12.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida 2024-yil yakuniga bag’ishlangan navbatdan tashqari kengaytirilgan Kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Kengash yig’ilishini institut rektori, Kengash raisi D.A.Rustamov ochib berdi va kun tartibidagi 1-masala yuzasidan o’z ma’ruzasini eshittirdi. Rektor Dilshodbek Abduvahidovich o’z ma’ruzasi davomida institutning 2024-yilda erishgan yutuqlariga to’xtalib o’tar ekan, bunda mehnat jamoasining har bir a’zosining ulkan hissasi bor ekanini ta’kidladi.

Shundan so’ng keyingi masala yuzasidan institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori M.A.Kurbanov so’zga chiqdi va institutda 2025-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga qabul imtihonlari natijalari haqida ma’lumot berib, yangi qabul qilingan doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD), stajor-tadqiqotchi hamda mustaqil izlanuvchilarning institut kafedralari hamda xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalariga biriktirilganligi bilan tanishtirib o’tdi.

Navbatdagi masala yuzasidan Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedogagik kadrlar tayyorlash boʻlimi boshlig’i B.Sotvoldiyev so’z oldi. U o’z chiqishi davomida institutda 2024-yil uchun ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar hamda bu yo’nalishda 2025-yilda nimalarga e’tiborni oshirish yuzasidan ma’lumotlar taqdim etdi.

Bundan tashqari Kengash yig’ilishida 2025-yildan ilmiy mavzu tasdiqlash va dissertatsiya ishini muhokama qilishda e’tibor qaratish lozim bo’lgan jihatlar, Andijon viloyati turizm salohiyatini oshirishda amalga oshirilishi zarur chora-tadbirlar haqida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor M.Kurbanov tomonidan fikr-mulohazalar bildirib o’tildi.

Leave a Reply

Skip to content