Kuni kecha Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi Boshlang’ich tashkilot «Yoshlar yetakchilari forumi» bo’lib o’tdi.
Viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalari yetakchi va koordinatorlari esa markazlashgan holda ZOOM platformasi orqali ishtirok etdilar. Ular qatorida Andijon davlat chet tillari instituti Yoshlar yetakchisi I.Abdulxamidov boshchiligida institut koordinatorlari ham forumni kuzatib bordilar.