PROFESSOR-O’QITUVCHILAR TOMONIDAN OCHIQ DARS MASHG’ULOTLARI OLIB BORILMOQDA

Andijon davlat chet tillari institutida professor-o’qituvchilar tomonidan dars mashg’ulotlari ochiq, sifatli tarzda olib borilishi, talaba-yoshlarga yangi metodlar asosida ta’lim berilishiga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

Bugun – 18.12.2024-yil kuni Roman-german va slavyan tillari fakulteti Ijtimoiy gumanitar fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchisi F.To’raqulova tomonidan Filologiya va tillarni o’qitish: Xitoy tili yo’nalishi 1-bosqich talabalari uchun ochiq dars mashg’uloti o’tkazildi.

Ushbu ochiq dars Jismoniy madaniyat va sport fanidan «Basketbol sport o’yini qoidalari. To’plar bilan maxsus mashqlar» mavzusida olib borildi. Dars davomida ko’plab interaktiv metodlardan foydalanilib, talabalarni mavzuni to’la o’zlashtirishlariga erishildi.

Leave a Reply

Skip to content