IQTIDORLI TALABALAR IMKONIYATLARDAN KENG FOYDALANMOQDALAR

Muattarxon Raximberdiyeva  Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakultetining  1-bosqich talabasi. Muattarxon yosh bo’lishiga qaramay bir nechta grant va loyihalar ishtirokchisi hisoblanadi

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limlari tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida Muattarxon grantlar va loyihalar, ularda ishtirok etish hamda yutuqlarga erishish yo’llari haqida tayyorlagan taqdimoti orqali ma’lumotlar berdi, o’z yutuqlari haqidagi videorolikni taqdim etdi.

Taqdimot so’nggida Muattarxon tengdoshlarini qiziqtirgan savollarga javob berish bilan birga foydali maslahatlarni ham berib otdi.

Leave a Reply

Skip to content