NAVBATDAGI OCHIQ DARS MASHG’ULOTI BO’LIB O’TDI

Yurtimizda Sovet ittifoqi o’z hukmronligini boshlagan ilk davrdanoq eng birinchi e’tiborni millatning o’z qadriyati, milliy urf-odati, an’analari, bayramlari, tili, madaniyati, dini va tarixini yo’q qilishga qaratdi. Chunki o’z tarixini, millatining avaylab-ehtiyotlab kelgan qadriyatlarini bilmagan olomonni boshqarish, ular ustidan o’z hukmini o’tkazish oson bo’ladi

– deya Roman-german va slavyan tillari fakulteti Ijtimoiy gumanitar fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchisi M.Raupova o’z ochiq dars mashg’ulotini boshladi.

Bugun – 28.11.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida navbatdagi ochiq dars mashg’uloti bo’lib o’tdi. Ushbu ochiq dars Ijtimoiy gumanitar fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchisi M.Raupova tomonidan Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili yo’nalishi 1-bosqich 101-guruh talabalari ishtirokida tashkil qilindi.

«Mustaqillik yillarida O’zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot» mavzusida bo’lib o’tgan ushbu ochiq dars mashg’ulotiga institut O’quv-uslubiy bo’limi boshliq va xodimlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va professor-o’qituvchilar tashrif buyurib, dars jarayonini kuzatib bordilar.

Dars mashg’uloti davomida o’qituvchi tomonidan ko’plab ma’lumotlar berilib, o’quvchilarning diqqatini jamlash va mavzuni to’liq tushunishlari uchun qator interfaol usullardan foydalanildi. Dars yakunida mehmonlar o’z fikr mulohazalarini bildirib, dars davomida erishilgan yutuqlarni e’tirof etdilar.

Leave a Reply

Skip to content