HILPIRAB TUR, VATAN BAYROG’I!

Andijon davlat chet tillari institutida 18-noyabrdan 28-noyabrga qadar O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan bayram o’n kunligi e’lon qilingan edi.

Shu munosabat bilan bugun – 25.11.2024-yil kuni Ingliz tili va adabiyoti fakultetida «Hilpirab tur, Vatan bayrog’i!» mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbir institutning Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’i M.Baltabayeva, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi uslubchisi M.Saliyeva, amaliyotchi-psixolog M.Yusupova, fakultet dekanining Yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari O.Vositov, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Leave a Reply

Skip to content