Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan rahbar xodimlarning o’z xodimlari, xalq bilan oradagi «to’siq», «devor»ni olib tashlash, barcha munosabatlar ochiq, shaffof tarzda bo’lishiga erishish bo’yicha tashabbusi e’lon qilingandan so’ng yurtimizda rahbarlarning faoliyati yangi bosqichga chiqdi: har bir rahbar quyiga tushib, asil muammoni o’z ko’zi bilan ko’rib, uni bartaraf etish choralarini ko’rib kelmoqda.
Bugun – 08.11.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani K.Karimov boshchiligida «Dekan va yoshlar» uchrashuvi tashkil qilindi.
Uchrashuvda professor-o’qituvchilar, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Samimiy muloqot tarzida kechgan bu suhbatda talabalarni qiynayotgan muammolar, takliflar eshitilib, ularni bartaraf etish va amalga oshirish bo’yicha rejalar tuzib olindi.