Andijon davlat chet tillari instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori M.A.Kurbanov tomonidan fakultetlardagi professor-o’qituvchilarning ilmiy faoliyati, kafedralar tomonidan yillik rejalarning bajarilish sur’ati tahliliga bag’ishlangan tanqidiy-tahliliy yig’ilishlar bo’lib o’tmoqda.
Jumladan, bugun – 07.11.2024-yil kuni Roman-german va slavyan tillari fakulteti bilan o’tkazilgan yig’ilish davomida 2024-yilda olib borilgan ishlar tahlil qilinib, bugungi kunda ilmiy salohiyatni oshirish, ilmiy ish olib borayotganlar uchun qo’shimcha imkoniyat va imtiyozlar soni ortib borayotganiga qaramasdan ko’plab bo’lajak olimlar tomonidan e’tiborsizlik va sustkashlikka yo’l qo’yilayotgani jiddiy tanqid qilindi.
Bundan tashqari 2025-yilda ilmiy sohada amalga oshiriladigan ishlar rejasi ustida ish olib borish va ushbu rejani mukammal tarzda tuzib, har bandi ijrosini ta’minlashga asos yaratib borish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.
Yig’ilish davomida Roman-german va slavyan tillari fakulteti dekanining Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va xalqaro aloqalar bo’yicha o’rinbosari lavozimiga Ijtimoiy-gumanitar fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchisi Mirzakarimova Mahliyoxon tayinlandi.