Bugun – 18.10.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida «Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi» mavzusida targ’ibot tadbiri bo’lib o’tdi.
Unda Andijon davlat chet tillari instituti Korrupsiyaga qarshi kurash «Komplaens-nazorat» tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i Sh.Mamajonov, Jismoniy hamda yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash nazorat va monitoring bo’limi boshlig’i R.Xametov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi uslubchisi M.Saliyeva, amaliyotchi-psixolog M.Yusupova, profilaktika inspektorlari B.Xodjayev, R.Jo’raboyev, Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti dekan o’rinbosari X.Matqulov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida mas’ullar tomonidan korrupsion holatlarning oldini olish, u olib kelishi mumkin bo’lgan salbiy oqibatlar haqida fikrlar bildirildi.