
Xabaringiz bor, haftaning har chorshanba kuni Andijon davlat chet tillari instituti Zakovat klubi tomonidan «Rector cup-2024» Zakovat ligasi doirasida tur o’yinlari bo’lib o’tadi.
Bugun – 02.10.2024-yil kuni ham ushbu intellektual liganing 3-tur o’yinlari bo’lib o’tdi. Unda ishtirok etgan jamoalarga turli yo’nalishlarda o’z bilimlari va intellektini yuzaga chiqarish imkonini beruvchi savollarga asoslangan paket taqdim etildi.