XITOYLIK O’QITUVCHI VA TALABA INSTITUTIMIZGA TASHRIF BUYURDI

Andijon davlat chet tillari institutiga Xitoy Xalq Respublikasidan professor-o’qituvchi Chang Ming talabalarga saboq berish, bilim berish uchun; Ou Zhaotian esa bakalavriat bosqichida o’qish uchun tashrif buyurdilar.

Ou Zhaotianning otasi Ou Jianyi hamrohligida tashrif buyurgan mehmonlarni institut rektori D.A.Rustamov hamda Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i D.Ahmadaliyevalar kutib oldilar.

Shundan so’ng rektor huzurida kichik suhbat bo’lib o’tdi. Suhbat davomida mehmonlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va o’zaro esdalik sovg’alari almashdilar.

Ou Zhaotian Roman-german va slavyan tillari fakulteti Filologiya va tillarni o’qitish: rus tili yo’nalishida o’qishni boshlaydi. Ustozi Chang Ming esa talabalarga saboq beradi.

Xorijiy talabamizning otasi Ou Jianyi institut va Talabalar turar joyidagi yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, barchasi ularni qanoatlantirganini ta’kidlab o’tdi.

Leave a Reply

Skip to content