
Kuni kecha respublikamizning barcha Oliy ta’lim muassasalari qatori Andijon davlat chet tillari institutida ham yangi – 2024-2025-o‘quv yili boshlanib, talaba-yoshlar o’quv mashg’ulotlariga kirishdilar.
Bugun – 10.09.2024-yil kuni institut rektori D.A.Rustamov boshchiligidagi rahbariyat vakillari Talabalar turar joyiga tashrif buyurdilar va u yerga joylashib, istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar oldilar.
Tashrif davomida kechki ovqat uchun o’zbek xalqining sevimli taomi palov tayyorlanib, talaba-yoshlarga tarqatildi. Kechki ovqatdan so’ng esa TTJning yozgi amfiteatrida «Bir bo’lsak – yagona xalqmiz, Birlashsak – Vatanmiz!» shiori ostida katta bayram tadbiri tashkil qilindi.
Bayram tadbirida viloyatimizning ko’zga ko’ringan san’atkorlari o’z ijod mahsullari bilan talaba-yoshlar xizmatida bo’ldilar.