INSTITUT JAMOASI ILMIY-AMALIY SEMINARDA ISHTIROK ETDI

 

Bugun – 13.08.2024-yil kuni Qo‘qon universitetida «Mamlakatimizda turizm sohasi uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash istiqbollari: muammo va yechimlar» mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi.

Unda Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov boshchiligida institut vakillari ham ishtirok etdilar.

Seminar davomida institut jamoasi o’zining turizm yo’nalishida tayyorlagan ko’rgazmasi bilan mehmonlarni tanishtirib bordi.

Bundan tashqari institut rektori Filologiya fanlari doktori, professor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov Andijon davlat chet tillari instituti tomonidan turizmni rivojlantirish yo’lida amalga oshirilgan ishlar, istiqboldagi loyihalar haqida nutq so’zladi.

Rektor D.Rustamovning taqdimoti mutaxassislar tomonidan ijobiy baholanib, ushbu yo’nalishda namuna sifatida e’tirof etildi.

Leave a Reply

Skip to content