TEST SINOVLARINI OʻTKAZISH YUZASIDAN TAYYORGARLIK HOLATI OʻRGANILDI

 

Bugun – 14.07.2024-yil kunidan start olgan OTMga kirish test sinovlarini o’tkazishga qay darajada tayyorgarlik ko’rilganini o’rganish maqsadida Andijon davlat chet tillari institutiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori Mahmudjon Boltaboyev boshchiligidagi ishchi guruh tashrif buyurdi.

Ishchi guruhni institut rektori D.A.Rustamov kutib oldi va olib borilgan ishlar bilan tanishtirdi. Xususan, abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari uchun tashkil qilingan sharoitlar, farzandining imtihon topshirish jarayonini kuzatib borish imkoniyati yaratilganligi holati namunali tarzda ekani ta’kidlandi.

Leave a Reply

Skip to content